XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI

Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi “Xorazm Ma’mun akademiyasi 1000 yillik yubileyini nishonlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorga asosan 2006-yil sentyabr oyida tashkil etildi. Jurnal bir yilda to’rt marta nashr etiladi. O’zbek, rus va ingliz tillarida ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy amliy, iqtisodiy va axborot materiallarini nashr etish huquqiga ega. Jurnalning tashkil eitilishidan asosiy maqsad: milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ilm-fan muammolariga bag’ishlangan dolzarb maqolalarni xalq ommasiga yetkazish; keng xalq ommasini mustaqillik g’oyalari asosida tarbiyalashga hissa qo’shish; aspirant va doktornatlarga yordam berish; o’qituvchi va talabalarga ilmiy-metodik yordam berish; olimlar ijodi bilan ommani tanishtirishdan iborat.

2006-2011-yillarda jurnal bosh muharriri prof. Z.Do`simov, 2012-yildan q-x.f.n Sh.Yu.Kadirov bosh muharrirli qilmoqda. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi tahririyati nizomi 2009-yil 27-avgustda qabul qilingan va 2009-yil 15-dekabrda Xorazm viloyati matbuot va axborot boshqarmasida №13-027-raqami bilan ro`yxatga olingan. Guvohnoma raqami: 13-040.

Axborotnoma tahrir hay’atiga respublikamizning ko’zga ko’ringan yetuk olimlari va mutaxassislar jalb etilgan. Jumladan, akademiklar S.G’ulomov, A.Sadullaev, professorlar O.Hasanov, M.Mahmudov, B.Do’schonov, fan doktorlari R.Eshchanov, M.Ishoqov, S.Salaev va boshqalar. Jurnal tarix, filologiya, iqtisod, bilologiya va qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha O’zR VM huzuridagi OAK ro’yxatiga kiritilgan.

Jurnalda asosan tarix, tilshunoslik, iqtisod, tibbiyot, qishloq xo’jaligi bo’yicha dolzarb maqolalar e’lon qilinadi. Shuningdek, zahmatkash olimlarimizning yubiley sanalari va konferentsiyalar haqida tavallud va ilmiy hayot ruknlari tashkil etilgan.

Axborotnoma OAK Rayosatining 2016-yil 29-dekabrdagi 223/4-son qarori bilan biologiya, qishloq xo’jaligi, tarix, iqtisodiyot va filologiya fanlari bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan.